<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Ozod etdi gunohdan</title>
<lyrics>[V1]
 Oh Isoyim Sen menga
 Nimalar taqdim etding
 Men bir asir, qul edim
 Zindondan ozod etding

[V2]
 Bir kun eshik ochilib
 Masihim kirib keldi
 Nurga toʻldi zindonlar
 Bahorim olib keldi

[V3]
 Rabbim dedi: tur, bolam
 Seni ozod qilay men
 Sen orqamdan yur bolam
 Senga qurbon boʻlay men

[V4]
 Rabbim dedi: bolam qoʻrqma
 Sen boraver, bardam boʻl
 Iblisga hech qul emassan
 Har qachon botir boʻl

[V5]
 Shunda Mening oʻng qoʻlimda
 Tikonli toj turardi
 Uzun-uzun mixlar esa
 Chap qoʻlimda turardi

[V6]
 Tikonli toj oʻrniga
 Oltin tojin kiydirdi
 Uzun mixlar oʻrniga
 Uzugini qoldirdi

[V7]
 Oh Isoyim Sen menga
 Shularni taqdim etding
 Abadiy yashashim uchun
 Oʻzingni qurbon qilding</lyrics>
<aka>Oh Isoyim</aka>
</song>